08:47 / 15.11.2025
2 371

Frenki de Yong Gollandiyaning oʻyinini tahlil qildi


Niderlandiya terma jamoasi yarim himoyachisi Frenki de Yong Polsha bilan boʻlgan 1:1 hisobidagi durang oʻyindan keyin intervyu berdi. Ushbu durang "apelsinlar"ga deyarli 100% Jahon chempionatiga yoʻllanma olish imkonini taqdim etdi.

Biroq, "Barselona" futbolchisi oʻz jamoasining oʻyinidan qoniqmaganini bildirdi. "Nega Finlyandiyaga qarshi juda yaxshi oʻynadik, lekin bugun yomon harakat qildik, bilmayman.

Polshaning past himoya bloki bunga sabab boʻldi, deb oʻylayman. Biz maydonda bir-birimizdan juda uzoqda joylashdik, oʻyinda sekin harakat qildik va toʻgʻri kombinatsiyalarni amalga oshirmadik", – dedi de Yong oʻyindan keyingi intervyusida.

Jahon chempionati saralashining soʻnggi turida Niderlandiya Litvaga qarshi oʻynaydi. Ronald Kuman boshchiligidagi jamoa guruhda peshqadam boʻlib, Polshadan uch ochkoga oldinda.

Gollar farqi boʻyicha esa ular polshaliklar uchun yetib boʻlmas darajada.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing