09:06 / 14.11.2025
4 521

Bellingem Xabi Alonsoning taktikalaridan norozi


Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem bosh murabbiy Xabi Alonso bilan ishlashdan unchalik mamnun emas, deb xabar bermoqda jurnalist Inyaki Angulo. Ingliz futbolchisi murabbiy va jamoa o'rtasidagi asosiy ziddiyat manbai hisoblanmoqda.

22 yoshli futbolchi ispaniyalik mutaxassis bilan ishlayotgan paytda o'z rolidan norozi ekanligi aytilmoqda. Xabi Alonso joriy yilning yozida Karlo Anchelottining oʻrnini egallagan edi.

"Real" La Liga turnir jadvalida 12 ta turdan so'ng 31 ochko bilan 1-o'rinni egallab turibdi. U yaqin ta'qibchi "Barselona"dan uch ochko oldinda.

Jud Bellingem "qirollik klubi"ga 2023 yilning yozida qo'shilgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing