
Madridning "Real" jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe jamoasidagi vaziyatga izoh berdi. "Rayo Valyekano" bilan durang (0:0) o'yindan so'ng, ommaviy axborot vositalarida "Real" futbolchilari murabbiy Xabi Alonsoning ishidan norozi ekani haqida mish-mishlar tarqaldi.
"Alonsoning jamoa bilan munosabatlari? Mendan nima eshitishni istaysiz?
"Real" g'alaba qozonmasa, matbuotda doim shov-shuv ko'tariladi. Biz so'nggi ikki o'yinda yuta olmadik, yomon o'ynadik va buni o'zimiz ham yaxshi tushunamiz.
Endi xalqaro tanaffusdan so'ng "Elche"ni mag'lub etishga qat'iy qaror qildik. Hozirgi vaziyat ideal emas, lekin biz La Ligada yetakchilik qilmoqdamiz va Chempionlar ligasida sakkiztalikda turibmiz.
Jamoa barcha sovrinlarni qo'lga kiritishni maqsad qilgan", - dedi Mbappe Tiempo de Juego'ga bergan intervyusida. "Real" va "Elche" o'rtasidagi o'yin 23-noyabr kuni bo'lib o'tadi.
Real Jamoasi, Kilian Mbappe, Xabi Alonso, La Liga, Chempionlar Ligasida
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing