11:46 / 16.12.2025
3 734

Mashhur vayner Bobur Mansurovning muhabbati qanday boshlangan?

Taniqli vayner va aktyor Bobur Mansurov muxlislarini qiziqtirgan savollardan biriga samimiy javob berdi. U ilk bor rafiqasi bilan qanday tanishganini eslab, o‘sha lahzalarni iliq xotiralar bilan tilga oldi.

Boburning aytishicha, voqea “Xonsaroy music” loyihasi davrida sodir bo‘lgan. O‘sha paytda u loyiha hakamlaridan biri sifatida tadbirda ishtirok etayotgan bo‘ladi. Bo‘lajak rafiqasi esa dugonasi bilan tomoshabin sifatida kelgan.

— O‘sha payt bir qarashdayoq nimadir boshqacha bo‘lgan. Bilasizmi, ba’zan hech qanday rejasiz, tayyorgarliksiz muhabbat kelib qoladi. Xuddi shunday holat bo‘lgan, — deydi Bobur.

Eng qiziq tomoni shundaki, aktyor birinchi uchrashuvdayoq bu tanishuv oddiy emasligini his qilgan.

— Birinchi uchrashuvimizdayoq ichimda bir ishonch paydo bo‘lgan. “Bu inson kelajakda hayotimning yarmiga aylanadi”, deb o‘ylaganman. Va vaqt hammasini o‘z isbotini berdi, — deya qo‘shimcha qiladi u.

Bugun Bobur Mansurov oilali, baxtli va ijodda ham, hayotda ham o‘z yo‘lini topgan inson sifatida ko‘plarga ilhom bo‘lib kelmoqda.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing