23:13 / 15.11.2025
1 350

Lineker Levandovskini yuqori baholadi


Angliya milliy jamoasining sobiq futbolchisi Gari Lineker kataloniyaning "Barselona" klubi hujumchisi Robert Levandovski haqida o'z fikrlarini bildirdi. "Men Robertni futbol tarixidagi eng yaxshi 'toʻqqizliklardan' biri deb hisoblayman.

Levandovski ushbu pozitsiyada o'zini juda yaxshi his qiladi. U haqiqiy gol uruvchi.

Darvoza oldida xotirjamlikni saqlay oladi, uning o'yini menga juda yoqadi", - dedi Lineker Marca gazetasi orqali. Joriy mavsumda 37 yoshli polyak futbolchisi "Barselona" safida 12 ta uchrashuv o'tkazib, 7 ta gol urishga erishdi.

Hujumchining kataloniyaliklar bilan tuzgan shartnomasi kelasi yozda nihoyasiga yetadi.
Angliya Jamoasi, Gari Lineker, Robert Levandovski, Barselona Klubi, Futbol Tarixi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing