
Manchester Siti jamoasining hujumkor yarim himoyachisi Rayan Sherki o'z o'yin uslubi haqida fikr bildirdi. 22 yoshli fransuz futbolchi joriy yilning iyun oyida Lion klubidan "shaharliklar" safiga qo'shilgan edi.
"Mening maqsadim – o'yinim orqali zavq bag'ishlash. Statistikaga kelsak, bu mening kuchli tomonim emas – o'yinimdan ham bu ko'rinib turibdi.
Men eski maktab futbolchisiman. Ilgari odamlar statistikaga e'tibor bermasdan o'ynashar edi", – deydi Sherki Telefootga bergan intervyusida.
Joriy mavsumda futbolchi "Manchester Siti" safida 9 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatma amalga oshirgan. Pep Gvardiola boshchiligidagi jamoa esa APL turnir jadvali bo'yicha 11 ta turdan so'ng ikkinchi o'rinda bormoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar