23:42 / 15.11.2025
1 352

Levandovski agentlari Fenerbaxche bilan uchrashdi


Barselonaning polshalik hujumchisi Robert Levandovskining vakillari Fenerbaxche klubi bilan uchrashuv oʻtkazgani haqida Haberler xabar berdi. Manbaga koʻra, turkiyalik grandlar, jumladan Fenerbaxche, agar Levandovski Barselona bilan shartnomasini uzaytirmasa, kelasi yozda uni oʻz safiga qoʻshib olishga harakat qiladi.

Agar Levandovski Barselonani tark etsa, u Chempionlar ligasida ishtirok etadigan jamoaga oʻtishni afzal koʻrishi taʼkidlanmoqda. Joriy mavsumda 37 yoshli Levandovski barcha musobaqalarda jami 12 oʻyinda maydonga tushib, 7 ta gol urishga muvaffaq boʻldi.

Futbolchining klub bilan shartnomasi 2026-yilning yozida yakuniga yetadi.
Robert Levandovski, Barselona Klubi, Fenerbaxche Klubi, Chempionlar Ligasi, Joriy Mavsum
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing