
Liverpul himoyachisi Ibraima Konate klub bilan shartnomasini uzaytirish haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi. Konate soʻnggi paytlarda oʻziga oid koʻplab notoʻgʻri maʼlumotlarni, jumladan, klub unga yangi taklif taqdim etgani haqidagi xabarlarni koʻrganini taʼkidladi.
Fransiyalik futbolchining soʻzlariga koʻra, bu maʼlumotlar haqiqatga mos emas. U oʻz vakillari hali ham "Liverpul" bilan muzokaralar olib borayotganini aniqlik kiritib oʻtdi.
- Soʻnggi paytlarda matbuotda koʻp mish-mishlarni oʻqidim, masalan, "Liverpul" menga yangi taklif qilgani haqida... Bu qayerdan paydo boʻlganini bilmayman.
Mening agentlarim hali ham "Liverpul" bilan muzokaralar olib borishmoqda, - dedi Konate Foot Mercato nashriga bergan intervyusida. Himoyachining amaldagi shartnomasi yozda yakuniga yetadi.
Avvalroq, ommaviy axborot vositalari bir nechta xorijiy grand klublar futbolchiga qiziqish bildirayotgani haqida xabar tarqatgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing