
Italiya terma jamoasi va "Milan" klubining sobiq futbolchisi Mattia Kaldara professional futbolchilik faoliyatini 31 yoshida yakunlaganini eʼlon qildi. Kaldaraning soʻzlariga koʻra, tizzasidagi ogʻir jarohatdan soʻng u avvalgi darajasiga qayta olmagan.
"Aziz futbol, men sen bilan xayrlashaman. Bu oylar men uchun juda ogʻir boʻldi.
Men tizzamni jarohatlaganimdan soʻng hayotim qanday oʻzgarganini gapirmoqdaman. Men avvalgi Kaldara boʻlib qayta olmadim", - dedi futbolchi.
31 yoshli Kaldaraning soʻnggi klubi "Modena" boʻldi. Shuningdek, u "Milan", "Spezia", "Atalanta" va boshqa klublarda ham oʻynagan.
Kaldara Italiya terma jamoasi safida ikkita oʻyinda maydonga tushgan.
Italiya Jamoasi, Milan Klubi, Mattia Kaldara, Professional Futbol, Ogʻir Jarohat
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing