21:28 / 18.11.2025
1 426
O‘zbekistonda kuz-qish mavsumida 10 mln tonna ko‘mir qazib olinadi

O‘zbekistonda 2025-2026 yillarning kuz-qish mavsumida 10 million tonna ko‘mir qazib olish rejalashtirilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev ko‘mir sanoatida olib borilayotgan ishlar va kelajakdagi vazifalar bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.
Ushbu maqsadga erishish uchun “O‘zbekko‘mir” korxonasining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanmoqda va qo‘shimcha ishlab chiqaruvchilar jalb qilinmoqda. 2024-2025 yillarning kuz-qish mavsumida esa qariyb 8,7 million tonna ko‘mir qazib olinib, yetkazib berilgandi.
Shavkat Mirziyoyev aholining ko‘mir bilan uzluksiz ta’minlanishini kafolatlashni topshirib, korxonalarni modernizatsiya qilish, yangi quvvatlarni ishga tushirish hamda raqobat orqali ishlab chiqarish tannarxini kamaytirish muhimligini ta’kidladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing