21:43 / 18.11.2025
1 132

Dunyoda eng go‘shtxo‘r mamlakatlar reytingi e’lon qilindi

Dunyo mamlakatlari orasida qoramol, cho‘chqa, tovuq va qo‘y go‘shti iste’moli qay darajada ekani «Visual Capitalist»ning yangi tahlilida yoritildi. Unga ko‘ra, qoramol go‘shtini iste’mol qilishda mutlaq yetakchilik Argentinaga tegishli — har bir fuqaro yiliga o‘rtacha 46 kg mol go‘shtini tanovul qiladi. Afrikada esa Zimbabve 44,4 kg bilan yuqori o‘rinda turadi, AQSH (38 kg), Isroil (36,1 kg) va Braziliya (34,6 kg) beshlikni yakunlaydi.

Argentinada bunday ko‘rsatkich milliy an’anaga aylangan asado taomi bilan izohlansa, Zimbabveda chorvachilik asosiy oziq manbai hisoblanadi.

Cho‘chqa go‘shti iste’molining eng yuqori darajasi Xorvatiyada — 57,4 kg. Undan keyin Ispaniya, Chernogoriya, Gonkong va Polsha keladi. Bu davlatlarda cho‘chqa go‘shti ko‘plab mahalliy taomlarning asosiy qismi bo‘lib, kundalik ratsioning ajralmas qismiga aylangan.

Tovuq go‘shtini iste’mol qilish bo‘yicha esa Sent-Vinsent va Grenadinlar mutlaq yetakchi: yiliga 94,1 kg. Shuningdek, Tonga, Marshall orollari, Samoa va Isroil ham yuqori ko‘rsatkichlarga ega. Orol mamlakatlarida yer resurslarining cheklangani tufayli tovuqchilik arzon va oson yetishtiriladigan oziq manbai sifatida rivojlangan.

Qo‘y va echki go‘shti iste’moli bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Mongoliyada — 68,5 kg. Keyingi o‘rinlarda Bahrayn, Yangi Kaledoniya, Turkmaniston va Chad joylashgan. Mutaxassislar bunday ko‘rsatkichni mamlakatning ko‘chmanchi turmush tarzi va chorvachilikka tayangan an’anaviy ovqatlanishi bilan izohlaydi.


Go'sht Iste'moli, Qoramol Go'shti, Cho'chqa Go'shti, Tovuq Go'shti, Qo'y Go'shti
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing