16:48 / 18.11.2025
1 183
O‘zbekiston va OTB $3 mlrd loyihalarni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston va Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) umumiy qiymati $3 milliarddan oshadigan yangi loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 18-noyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev va bank rahbari Masato Kanda o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum qilindi.
Hozirda O‘zbekiston va OTB hamkorligidagi loyihalar portfeli $15 milliarddan oshib ketgan bo‘lib, OTB mintaqadagi O‘zbekistonning eng yirik hamkorlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Tomonlar, shuningdek, 2026-yil may oyida Samarqandda o‘tkazilishi rejalashtirilgan bank Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishini tayyorlash masalalarini ham muhokama qildilar.
Shavkat Mirziyoyev mazkur tadbir doirasida kengaytirilgan strategik hamkorlikning yangi dasturini imzolashni taklif etdi. Ushbu dastur infratuzilmani rivojlantirish, muhandis va texnik xodimlarni tayyorlash, ayollar va yoshlarga ta’lim berish, kambag‘allikni kamaytirish, ipoteka va xususiy sektorni rivojlantirish kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Muhokama va savollarsiz. Deputatlar davlat organlari xarajatlarini deyarli 10 trln so‘mga ko‘paytirishni ma’qulladilar
Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo rahbarlari uchrashuvidagi muhim tashabbuslari...
Shavkat Mirziyoyev Parlamentlararo ittifoqning 150-Assambleyasida nutq soʻzladi
O‘zbekistonda Nvidia’dan ikki sun’iy intellekt klasteri yaratiladi
Xususiy klinikalarga yangi imkoniyat: tibbiy uskunalarni bojxonasiz olib kirish muddati uzaytirildi