21:26 / 18.11.2025
1 519

O‘zbek bayrog‘i qabul qilinganiga 34 yil to‘ldi


O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrining asosiy ko‘chalarida Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya bo‘linmalarining namoyish yurishlari o‘tkazildi. Ushbu tadbirlar Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 34 yilligi munosabati bilan tashkil etildi.

"Xalqlar do‘stligi" san’at saroyi oldidagi maydonda harbiy xizmatchilarning ko‘rgazmali chiqishlari rejalashtirilgan. Tadbir doirasida jangovar tayyorgarlik mashqlari, harbiy bo‘linmalarning chiqishlari hamda harbiy orkestrning defile dasturi namoyish etiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing