
Markaziy bank ma'lumotlariga ko'ra, 19-noyabr holatiga dollar kursi 11 940,70 so'mni tashkil etdi. Kun davomida kurs 69,22 so'mga pasaygan.
Regulyator, shuningdek, rubl va yevro kurslarini yangiladi: rubl kursi 147,40 so'm, yevro kursi esa 13 839,27 so'mni tashkil qilmoqda. O'zbekiston Respublikasi valyuta birjasida 18-noyabr kuni ochilish savdolari kursi 11 940,00 so'm darajasida bo'lgan.
Bu esa 69,92 so'mlik pasayishni anglatadi. 18-noyabr soat 16:00 holatiga banklarning ayirboshlash shoxobchalarida dollarni 11 885–11 955 so'mga sotib olishgan va 12 000–12 065 so'mga sotishgan.
Rublning xarid narxi 90 dan 141 so'mgacha, sotish narxi esa 149 dan 190 so'mgacha bo'lgan. Yevroni esa 13 000–13 840 so'mga sotib olishgan va 13 950–15 500 so'mga sotishgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing