15:08 / 18.11.2025
2 025

AQShda o'zbekistonlik jihodchi qo'lga olindi


AQShda 31 yoshli O'zbekiston fuqarosi Axror Bozorov qo'lga olindi. U vatanida terrorchi tashkilotda ishtirok etganlikda ayblanib qidiruvda edi.

Bozorov 9-noyabr kuni Kanzas shtatida AQSh immigratsiya va bojxona politsiyasi (ICE) xodimlari tomonidan hibsga olindi. Hibsga olingan paytda u yuk mashinasi haydovchisi sifatida ishlayotgan edi.

O'zbekistonda Bozorov internetda jihodga chaqiruvchi targ'ibot materiallarini tarqatganlik va terrorchi guruhlarga odam yollashda ayblanmoqda. Toshkent sudi uning hibsga olinishi uchun 2022 yilda order bergan edi.

AQSh rasmiylarining ma'lumotiga ko'ra, Bozorov 2023 yil fevral oyida AQSh chegarasini noqonuniy kesib o'tgan. Chegara xizmatlari uni ushlagan, ammo keyinchalik ozod qilgan.

2024 yilda u AQShda ishlash uchun ruxsatnoma olgan va Pensilvaniya shtatida tijoriy haydovchilik guvohnomasini qo'lga kiritgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing