16:09 / 18.11.2025
1 184
Barselona 19 yoshli iqtidor uchun 30 mln yevro taklif qildi

Vasko da Gama jamoasining hujumchisi bo'lgan universial futbolchi Rayan faoliyatini Barselonada davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Kataloniya klubi braziliyalik 19 yoshli iqtidor uchun 25-30 million yevro miqdorida taklif qilgan. Eslatib o‘tamiz, Rayanni sentyabr oyida Zenit klubi ham sotib olishga harakat qilgan, ammo rad javobini olgan edi.
Joriy mavsumda Rayan barcha musobaqalarda 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va bitta golli uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 18 million yevroni tashkil etadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing