15:56 / 18.11.2025
1 880

Avstraliyada maktablarning yopilishiga sabab — sehrli qum

Avstraliyaning poytaxti Kanberrada kutilmagan hodisa yuz berdi — 69 ta maktabda asbest aniqlangani sababli ular hafta boshida vaqtincha yopildi. Ushbu zararli modda bolalar orasida mashhur bo‘lgan qum qal’a to‘plamlari va sehrli rangli qumlardan topilgani aytilmoqda.

ABC telekanali xabariga ko‘ra, xavotir Kmart va Target do‘konlarida sotiladigan sehrli qum mahsulotlarida asbest izlari aniqlangach kuchaydi. Mutasaddilarning aytishicha, bu o‘yinchoqlar maktablarda ular o‘ylagandan ham ko‘proq ishlatilgan.

Hozirda yopilgan ta’lim muassasalarida keng ko‘lamli tekshiruvlar olib borilmoqda. Maktab xodimlari va ko‘ngillilar sinf xonalari, yo‘laklar hamda omborlarni birma-bir ko‘zdan kechirib, rangli qum qoldiqlarini izlamoqda. Topilgan barcha namunalar maxsus xaritaga belgilab borilmoqda.

Tekshiruvlar bir necha kun davom etishi mumkin. Mutaxassislar esa o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash eng ustuvor vazifa ekanini ta’kidlamoqda.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing