15:54 / 18.11.2025
1 204

Kaltsona Germaniyadan yirik mag‘lubiyatga izoh berdi


Slovakiya terma jamoasi bosh murabbiyi Franchesko Kaltsona Germaniya terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yin yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida ishtirok etdi. Jahon chempionati saralash bosqichining so‘nggi uchrashuvida slovaklar 0:6 hisobida mag‘lub bo‘lishdi.

"O‘yin juda qiyin kechdi. Biz bunday kuchli jamoaga qarshi o‘ynashda qiynaldik.

Shu vaqtgacha ko‘rsatgan o‘yinimizdan mamnunman. Hisobning bunday katta bo‘lishi achinarli, ammo bu haqiqatni qabul qilish kerak", – dedi murabbiy UEFA rasmiy saytiga bergan intervyusida.

"Mag‘lubiyatlar bo‘lib turadi. Bunday jamoaga qarshi mag‘lubiyatga tayyor bo‘lishimiz kerak.

Endi bizda mart oyidagi pley-off uchrashuvlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun bir necha oy vaqt bor", – deya qo‘shimcha qildi Kaltsona. Germaniya 15 ochko bilan guruhda yetakchilik qilmoqda.

Slovakiya hisobida 12 ochko, Shimoliy Irlandiyada 9 va Lyuksemburgda 0 ochko mavjud.
Slovakiya Jamoasi, Germaniya Jamoasi, Jahon Chempionati, Saralash Bosqichi, Matbuot Anjumani
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing