
Londonning "Fulxem" klubi bosh murabbiy Marku Silva bilan amaldagi shartnomani uzaytirish niyatida. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, klub egasi Shaxid Xon bilan oʻtkazilgan muzokaralardan soʻng Silvaga uzoq muddatli shartnoma taklif qilingan. Yangi shartnoma muddati 3 yil boʻlib, Silva bilan hamkorlikni davom ettirish klub uchun muhim sanaladi.
Chunki murabbiyning amaldagi shartnomasi kelgusi yozda yakunlanadi. Soʻnggi vaqtlarda Silva boshqa jamoalardan, jumladan, Saudiya Arabistonidan ham takliflar olgan.
Natijalar uncha yuqori boʻlmaganiga qaramay, u "Fulxem"ni 4 yildan beri boshqarib kelmoqda.
Fulxem Klubi, Marku Silva, Yangi Shartnoma, Saudiya Arabistoni, Klub Egasi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing