01:23 / 18.11.2025
1 359

To‘qayev Mirziyoyevga samimiy minnatdorlik yo‘lladi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev nomiga minnatdorlik xati yubordi. Oqo‘rda ma’lumotiga ko‘ra, To‘qayev o‘z maktubida 14–16 noyabr kunlari amalga oshirgan davlat tashrifi davomida Qozog‘iston delegatsiyasiga ko‘rsatilgan samimiy mehmondo‘stlik uchun chuqur tashakkur aytgan.

Prezident o‘sha tashrifning tarixiy ahamiyatga ega ekanini qayd etgan va u ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik hamda do‘stona ittifoqdoshlikni yanada mustahkamlaganini ta’kidlagan.

To‘qayev, shuningdek, Toshkentda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining VII Maslahat uchrashuvi yuqori saviyada tashkil etilganini alohida e’tirof etgan. Uning fikricha, mintaqaviy hamkorlikning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilgan muhokamalar, qabul qilingan muhim qaror va hujjatlar, shuningdek, Ozarbayjonning to‘la huquqli ishtirokchi sifatida qo‘shilishi forumning strategik ahamiyatini yanada oshirgan.


Qozog‘iston Prezidenti, O‘zbekiston Rahbari, Davlat Tashrifi, Strategik Sheriklik, Markaziy Osiyo
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing