00:09 / 18.11.2025
1 960
O'zbekiston sportchilari Islom birdamligi o'yinlarida medallar qo'lga kiritdi

O'zbekiston terma jamoasi Riyodda bo'lib o'tayotgan Islom birdamligi o'yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishda davom etmoqda. Taekvondo, qilichbozlik va yengil atletika bo'yicha o'zbekistonlik sportchilar oltin va kumush medallarni qo'lga kiritib, umumiy medallar reytingida mamlakatning mavqeini mustahkamladi.
Diyorbek To'xtiboyev navbatdagi oltin medalni O'zbekistonga olib keldi. U 67 kg vazn toifasida turkiyalik raqibini final jangida mag'lubiyatga uchratib, musobaqa chempioni bo'ldi.
Yana bir oltin medalni Marat Mavlonov qo'lga kiritdi. U 82 kg dan yuqori vazn toifasida Qozog'iston vakilini mag'lub etib, jamoa hisobiga oltin medalni qo'shdi.
Svetlana Osipova esa 70 kg dan yuqori vazn toifasida ayollar o'rtasida o'z ishtirokini yakunladi. Finalda turkiyalik sportchiga imkoniyatni boy berib, kumush medalni qo'lga kiritdi.
Qilichbozlik bo'yicha erkaklar o'rtasidagi final o'zbekistonlik sportchilarning ichki qarama-qarshiligiga aylandi. Meyirxon Tohirov va Javohir Nurmatov o'rtasidagi jangda Tohirov g'olib chiqib, delegatsiyaga yigirmanchi oltin medalni taqdim etdi.
Ayollar finalida esa Guliston Perdiboyeva oltin medal uchun kurash olib bordi. Biroq u turkiyalik raqibiga 8:15 hisobida imkoniyatni boy berib, ikkinchi o'rinni egalladi.
Sharifa Davronova uch hatlab sakrash sektorida kumush medal sohibiga aylandi. U 13,91 metr natija qayd etib, musobaqani ikkinchi o'rinda yakunladi.
Islom O'yinlari, O'zbekiston Sporti, Oltin Medal, Kumush Medal, Sport Musobaqasi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekiston taekvondochilari Riyodda hal qiluvchi janglarga chiqadi
Riyod-2025: O‘zbekistonning yutug‘lari davom etmoqda
Riyod-2025: O‘zbekiston bokschilari 3 oltin va 1 kumush medalga ega bo‘ldi
O‘zbekiston bokschilari Islom Birdamligi o‘yinlari finali ostonasida
Riyod-2025: Uzbekistonga ilk taekvondo medallari