01:00 / 18.11.2025
1 970
Zidan Fransiya termasi bosh murabbiyi bo‘lishi kutilmoqda

AS nashrining yozishicha, Dide Desham lavozimini tark etgach, Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlanishi kutilmoqda.
Manbaga ko‘ra, 53 yoshli mutaxassis terma jamoani qabul qilib olish bo‘yicha oldindan kelishuvga erishgan. Shu bois Zidan “Real” va “Fenerbaxche” klublarining takliflarini ham rad etgan.
Ma’lum qilinishicha, yanvar oyida JCH-2026dan keyin Fransiya termasidan ketishini e’lon qilgan 57 yoshli Desham hozirda Saudiya Arabistoni klublari bilan keyingi mavsum uchun muzokaralar olib bormoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar