
Bugun, 17-noyabr kuni Rossiya OAVda Ukrainadagi yuqori lavozimdagi shaxs, sobiq mudofaa vaziri va hozirgi Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Rustem Umerov mamlakatdan chiqib ketib, qaytib kelmasligi mumkinligi haqida ma'lumot tarqaldi. Ushbu ma'lumotlarga ko'ra, Umerov xorijiy safarda bo'lib, Ukrainaga qaytishni rejalashtirmagani aytilgan.
Biroq, Ukrainada bu xabarlar rasman rad etildi. Dezinformatsiyaga qarshi kurash markazi Umerov hozir AQShda ekanini va u yerda ishchi uchrashuvlar o'tkazayotganini ma'lum qildi.
Shuningdek, Umerov mamlakat rahbariyati bilan doimiy aloqada ekani ta'kidlandi. Shunisi e'tiborliki, Umerovning qochgani haqidagi xabarlar Rossiya OAVda korrupsiya mojarosi fonida paydo bo'ldi.
Bu mojaro ukrainalik tadbirkor Timur Mindich bilan bog'liq bo'lib, u Isroilga qochib ketishga ulgurgan. Mindich Ukraina OAVda energetika sohasining soya rahbari sifatida ko'rsatilmoqda.
Ma'lumot uchun: Rustem Umerov 1982-yilda Samarqandda qrim tatarlarining oilasida tug'ilgan. Sovet Ittifoqi qulaganidan so'ng, uning oilasi Qrimga ko'chib ketgan.
U 2023-yil sentyabrgacha Ukraina Mudofaa vaziri lavozimida ishlagan, shuningdek, Ukraina Davlat mulki jamg'armasi raisi sifatida ham faoliyat yuritgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiy korrupsiya mojarosida Ukraina hukumatini qattiq tozalayapti
Fabio Kannavaro futboli haqida 5 mulohaza
Kelajakni o‘zgartiruvchi sun’iy idrok: uning insoniyatga foyda-ziyoni nimada?
Zelenskiy Britaniya va Yevropa yetakchilariga ochiq murojaat qildi
Zelenskiy Fransiya bilan yirik mudofaa bitimini imzoladi