20:54 / 17.11.2025
3 539

iPhone endi faqat bahor va kuzda chiqadimi? Apple tizimni o‘zgartiryapti

Apple kompaniyasi sakkiz yildan buyon o‘zgarmagan iPhone taqdimot tizimini tubdan yangilamoqda. Bloomberg jurnalisti va insayder Mark Gurman xabariga ko‘ra, endilikda yangi iPhone modellari ikki bosqichda — bahor va kuzda taqdim etiladi.

Avvallari kompaniya barcha asosiy modellarini har yili sentyabr oyida namoyish etar edi. Endi esa yangi tizim iPhone ishlab chiqarish, marketing va ta’minot zanjirini barqarorlashtirish va muvozanatli rejalashtirish maqsadida joriy etilmoqda.

Yangi jadvalga ko‘ra, 2026-yil sentyabrida Apple quyidagi modellarning taqdimotini rejalashtirmoqda:

  • iPhone 18 Pro

  • iPhone 18 Pro Max

  • iPhone Fold — kompaniyaning birinchi buklanuvchi smartfoni

Shundan so‘ng, 2027-yil bahorida byudjet va o‘rta segment uchun mo‘ljallangan yangi modellar taqdim etiladi:

  • iPhone 18

  • iPhone 18e

  • iPhone Air 2 — ultra yengil va yumshoq korpusli model

Avvalroq iPhone Air 2 bekor qilindi degan mish-mishlar tarqalgan edi, biroq Gurman ma’lumotiga ko‘ra, bu model faqat grafik sababli keyingi yil bahoriga ko‘chirilgan.

Yangi reja Apple tarixidagi eng yirik strategik o‘zgarishlardan biri sifatida baholanmoqda. Kompaniya shu orqali bozorni yanada jonlantirish, foydalanuvchilarga esa tezroq yangilanish imkoniyatini taqdim etishni maqsad qilgan.

2027-yil Apple uchun ramziy sana — iPhone ishlab chiqarilganiga 20 yil to‘ladi. Shuning uchun kompaniya yubiley uchun maxsus, inqilobiy ko‘rinishga ega model ustida ishlamoqda.

Insayderlarga ko‘ra, yubiley modeli shisha egri korpus, ko‘rinmaydigan old kamera ва minimalistik futuristik dizayn bilan ajralib turadi. U Apple tarixidagi navbatdagi dizayn burilish nuqtasi bo‘lishi kutilmoqda.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing