22:54 / 17.11.2025
2 561

Rekord statistika: Haaland 20 o‘yinda 32 gol urdi


2025/26-yilgi mavsumning dastlabki bosqichi ortda qolar ekan, Yevropaning top-5 ligalari, barcha musobaqalar hamda milliy jamoalar hisobga olingan yagona statistik reytingda eng sermahsul futbolchilar nomi ma’lum bo‘ldi. Jadvalning mutlaq yetakchisi sifatida norvegiyalik hujumchi Erling Haaland qayd etildi.

Reytingga ko‘ra, Haaland 20 ta uchrashuvda 32 ta gol urib, mavsumning eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi. Uning ortidan Angliya terma jamoasi sardori Garri Keyn 23 o‘yinda kiritgan 29 ta goli bilan ikkinchi o‘rinni egallagan. Uchinchi pog‘onaga esa 20 ta bahsda 23 bor darvozani ishg‘ol qilgan Kilian Mbappe joylashdi.

To‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarda ikki futbolchi – Lautaro Martines va Luis Dias – 12 tadan gol bilan qayd etilgan. Martines 19 o‘yinda, Dias esa 22 uchrashuvda bunday natijani qayd etgan.

Mazkur ko‘rsatkichlar futbolchilarning klub va milliy terma jamoalaridagi umumiy statistikasidan tuzilgan bo‘lib, mavsum davomida to‘purarlik poygasi yanada keskinlashishi kutilmoqda.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing