13:16 / 19.12.2025
1 498

Roma Atletiko hujumchisi Jyakomo Raspadorini kuzatmoqda


Roma transfer bozoridagi ishini davom ettirib, hujum chizig'ini kuchaytirish variantlarini ko'rib chiqmoqda. Rim klubi Atletiko hujumchisi Jyakomo Raspadori nomzodini ham diqqat bilan o'rganmoqda.

Jurnalist Alfredo Pedullaning xabar berishicha, Roma nafaqat Manchester Yunayted forvardi Joshua Zirkzee, balki 25 yoshli italiyalik futbolchi variantini ham ko'rib chiqyapti. Ta'kidlanishicha, klub allaqachon Raspadorining vakillari bilan aloqa o'rnatgan.

Shuningdek, Roma bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperini futbolchini anchadan beri kuzatib keladi va uni Atalantada ishlagan davrida ham jamoasiga taklif etishga uringan. Joriy mavsumda Raspadori barcha musobaqalarda 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli pas berdi.

Roma klubi, Atletiko hujumchisi, Jyakomo Raspadori, Alfredo Pedulla, Jan Pyero Gasperini
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing