03:51 / 21.12.2025
3 021
Chinkvini Safonovning PSJdagi kelajagi zaxirada bo'lishini aytdi

Rossiya terma jamoasining sobiq menejeri Oreste Chinkvini Matvey Safonovning Fransiyaning PSJ klubidagi istiqbollari haqida fikr bildirdi. Mutaxassisning ta'kidlashicha, parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrike Qit'alararo kubok finalida Safonov juda yaxshi o'yin ko'rsatganiga qaramay, asosiy darvozabon sifatida Lyuka Shevalyega tayanishda davom etadi.
"Menimcha, Shevalye Fransiya chempionati va Chempionlar ligasi o'yinlarida yana darvozaga qaytadi. Ha, Safonov fantastik kecha o'tkazdi, biroq mening fikrimcha, uning PSJdagi kelajagi zaxira o'rindig'ida", — deya Chinkvinining so'zlarini keltiradi "RB Sport".
Joriy mavsumda Safonov barcha musobaqalarda 4 uchrashuvda maydonga tushdi. U 3 ta gol o'tkazib yubordi va 2 o'yinda darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.
Rossiya terma, Oreste Chinkvini, Matvey Safonov, PSJ klubi, Luis Enrike
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar