06:36 / 21.12.2025
2 219
Moyes «Arsenal»ga qarshi o'yinda hakamlarni tarafkashlikda aybladi

«Everton» bosh murabbiyi Devid Moyes Angliya Premyer-ligasining 17-turida Londonning «Arsenal» klubiga qarshi o'yindan so'ng hakamlikni keskin tanqid qildi. Uchrashuv 1:0 hisobida «kanonirlar» foydasiga yakunlandi.
O'yindagi yagona gol 11 metrlik jarima zarbasidan kiritildi. Moyes matbuot anjumanida hakam qarorlaridan norozi ekanini bildirib, «hakam hushtagi ko'proq ularning foydasiga chalindi», dedi.
Shuningdek, u Jeyk O'Brayenning qo'lini ko'targan epizodini vaziyatni murakkablashtirgan yomon qaror sifatida baholadi. Mutaxassis «Everton» darvozasiga belgilangan penalti “ahmoqona” bo'lganini ta'kidladi va aynan o'sha qarorgacha uning jamoasi raqibdan yaxshiroq o'ynaganini qayd etdi.
Mag'lubiyatdan keyin Moyes jamoasi 24 ochko bilan turnir jadvalida to'qqizinchi o'rinda bormoqda. «Arsenal» esa minimal g'alaba tufayli yana birinchi pog'onaga qaytdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fabio Kannavaro futboli haqida 5 mulohaza
Jeyk Pol mag‘lubiyatdan so‘ng ham katta maqsadlaridan voz kechmadi (video)
Kelajakni o‘zgartiruvchi sun’iy idrok: uning insoniyatga foyda-ziyoni nimada?
"Alaves" bosh murabbiyi Vinisius epizodini tanqid qildi, bahs avj oldi
O‘zbekiston – Misr bahsi oldidan kutilgan katta sinov boshlanmoqda