04:37 / 21.12.2025
3 127

Kilian Mbappe gol nishonlash uslubi yo'qligini aytdi


Madridning "Real" klubi va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe o'ziga xos gol nishonlash uslubi yo'qligini ma'lum qildi. "Sevilya"ga qarshi uchrashuvda fransuz forvardi golni Krishtianu Ronaldu uslubida nishonladi.

Keyinchalik Mbappe portugaliyalik yulduz uni ilhomlantirishini, shu bois bu harakatni minnatdorlik sifatida qilganini tushuntirdi. "Menda o'zimga xos nishonlash uslubi yo'q, shuning uchun bugungisini unga bag'ishladim", deya futbolchining so'zlarini keltiradi insayder Fabritsio Romano.

2025/2026 yilgi mavsumda Mbappe klub miqyosidagi barcha turnirlarda 26 ta o'yin o'tkazib, 29 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi. 2018 yilgi jahon chempioni bo'lgan 27 yoshli futbolchining "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha mo'ljallangan.

Uning bozor bahosi 200 million yevroni tashkil etadi.
Kilian Mbappe, Fransiya terma, Real klubi, Jahon chempioni, Futbol shartnomasi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing