05:48 / 21.12.2025
2 678

Allegri «Napoli» vakilini haqoratlagani uchun jarimaga tortildi


«Milan» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Italiya Superkubogi yarim finalida «Napoli»ga qarshi o'yindan (0:2) so'ng 10 ming yevro miqdorida jarimaga tortildi. Intizomiy organlar qaroriga ko'ra, mutaxassis uchrashuvning ikkinchi taymida «Napoli»ning sport koordinatori Gabriele Orialiga nisbatan bir necha bor haqoratomuz so'zlar ishlatgan.

Epizodlardan biri teletranslyatsiyada ko'rinib qolgan va Federal prokuratura vakillari tomonidan qayd etilgan. A Seriyaning 15 turidan so'ng «Milan» 32 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.

Massimiliano Allegri, Italiya Superkubogi, Napoli klubi, A Seriya, Turnir jadvali
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing