21:36 / 14.12.2025
98 876
Oreste Chinkvini Italiyani JCh-2026ga chiqish imkonini baholadi

“Zenit”ning sobiq menejeri Oreste Chinkvini Italiya terma jamoasining 2026 yilgi jahon chempionati saralashidagi istiqbollari haqida fikr bildirdi. Uning ta’kidlashicha, “skuadra adzurra” uchun mundial yo‘llanmasi sari yo‘l oson kechmaydi.
“Umid qilamanki, terma jamoamiz navbatdagi jahon chempionatiga yo‘l oladi. Aks holda bu Italiya futboliga hisob-kitobsiz darajada katta ta’sir ko‘rsatadi”, — deya Chinkvinining so‘zlarini “Sovetskiy sport” nashri keltiradi.
Ma’lumot uchun, styk o‘yinlaridan muvaffaqiyatli o‘tib turnirning final bosqichiga chiqqan taqdirda, Italiya Kanada, Qatar va Shveysariya bilan bir guruhdan joy oladi.
Italiya terma, Jahon chempionati, Skuadra adzurra, Futbol ta’siri, Final bosqichi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar