04:44 / 21.12.2025
3 042

Igor Semshov «Yuventus»ning skudetto uchun imkonini baholadi


Moskvaning «Dinamo» klubida to'p surgan sobiq yarim himoyachi Igor Semshov Turinning «Yuventus» jamoasining 2025/2026 yilgi mavsumda A Seriyada chempionlik, ya'ni skudetto uchun imkoniyatlari haqida fikr bildirdi. Uning ta'kidlashicha, «Yuventus» chempionlik poygasidan chiqib ketmagan, chunki yuqori o'rinlar uchun kurashayotgan jamoalarning o'yinida barqarorlik yetishmayapti.

«Yetakchi uchlik tez-tez ochko yo'qotadi, «Yuventus» esa skudetto uchun qanday kurashishni biladi. Turinliklar hali yana jiddiy raqobat uyg'otadi», — deya Semshovning so'zlarini «Match TV» keltirdi.

Kecha «Yuventus» A Seriyaning 16-turida o'z maydonida «Roma»ni 2:1 hisobida mag'lub etdi. Turin klubi 29 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida beshinchi o'rinda bormoqda.

Jamoa peshqadam «Inter»dan to'rt ochko ortda qolmoqda.
Igor Semshov, Yuventus jamoasi, A Seriya, Chempionlik poygasi, Match TV
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing