06:37 / 21.12.2025
2 255

Xabi Alonso Vinisiusga qaratilgan hushtaklarga munosabat bildirdi


Madridning “Real” jamoasi bosh murabbiyi Xabi Alonso La Liganing 17-turida “Sevilya”ga qarshi o‘yinda Vinisius Juniorga nisbatan tribunadan yangragan hushtaklar haqida fikr bildirdi. Mutaxassisning aytishicha, muxlislar o‘z munosabatini ochiq ifodalashga haqli.

Eslatib o‘tamiz, Alonso braziliyalik futbolchini 83-daqiqada zaxiraga oldi. “Muxlislar erkin: ular o‘z fikrini bemalol bildirishga to‘liq haqli”, deya Alonso so‘zlarini “Real” matbuot xizmati keltirdi.

Vinisius esa almashtirilgach, ijtimoiy tarmoqdagi profilidan “Real” libosidagi suratini olib tashladi va statusiga ko‘p nuqta qo‘ydi. Vinisius so‘nggi bor 8-turda, 4 oktyabr kuni “Vilyarreal” darvozasiga dubl qayd etgan edi.

Shundan keyin uning eng yodda qolgan epizodi 1 noyabr kuni “Valensiya”ga qarshi uchrashuvda amalga oshira olmagan penaltisi bo‘ldi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing