03:25 / 19.12.2025
2 882
Bavariya Serj Gnabri bilan yangi shartnoma bo'yicha kelishdi

Bavariyaning hujumchisi Serj Gnabri klub bilan shartnomasini uzaytirishga tayyor. Futbolchining amaldagi bitimi kelasi yil o'rtalarida yakunlanadi, biroq u yaqin vaqt ichida yangilanishi kutilmoqda.
Bayern & Germany xabariga ko'ra, tomonlar hamkorlikni davom ettirish shartlari bo'yicha prinsipial kelishuvga erishgan. 30 yoshli futbolchi bilan tuziladigan yangi shartnoma 2028 yilgacha mo'ljallangan.
Ma'lumotlarga qaraganda, Gnabri barcha maydondagi natijalariga bog'liq bonuslar faollashgan taqdirda yiliga taxminan 15–16 million yevro maosh oladi. Joriy mavsumda Vensan Kompani jamoasida Gnabri 20 uchrashuvda 5 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Serj Gnabri, Bayern Munich, Yangi shartnoma, Futbolchi maoshi, Golli uzatma
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar