12:27 / 06.12.2025
269 386

Musiya bilan mashg'ulotlar Rojdestvoda boshlanishi kutilmoqda


Myunxenning "Bavariya" jamoasi bosh murabbiyi Vensan Kompani yarim himoyachi Jamal Musiyaning maydonga qaytish vaqtini ma'lum qildi. Belgiyalik mutaxassisning so'zlariga ko'ra, futbolchi Rojdestvo bayramiga yaqin mashg'ulotlarga qaytishi mumkin.

"Musiyaning tiklanishi Devisnikidan ko'proq vaqt oladi, ammo jarayon yaxshi davom etmoqda. U Rojdestvoga qadar bir necha mashg'ulotlarda ishtirok eta oladi.

2026-yil uning uchun muvaffaqiyatli yil bo'lishi mumkin", - dedi Kompani Bayern & Germany nashriga. 2025/2026-yilgi mavsumda Musiyala faqat to'rtta o'yinda qatnashdi, ularning barchasi yozda AQShda o'tkazilgan Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida bo'lgan.

Shundan so'ng, futbolchi boldir suyagi sinishi tufayli uzoq muddatga safdan chiqqan edi. 22 yoshli futbolchining "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2030-yilning 30-iyuniga qadar mo'ljallangan.

Uning bozor qiymati 140 million yevroni tashkil qiladi.
Bavariya Jamoasi, Vensan Kompani, Jamal Musiyala, Rojdestvo Bayrami, Boldir Suyagi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing