
Myunxenning "Bavariya" klubi hujumchisi Serj Gnabri o'zining klubdagi kelajagi borasida fikr bildirdi. "Vaziyat juda sokin.
Biz muzokaralarni davom ettiryapmiz. Qanday natija bo'lishini ko'ramiz.
Hozircha hammasi yaxshi, barcha tomonlar mamnun", – dedi Gnabri jurnalist Florian Plettenberg bilan suhbatda. Maʼlumotlarga ko'ra, "Bavariya" 30 yoshli futbolchiga 2028 yilgacha mo'ljallangan yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda.
Biroq shartnoma shartlariga ko'ra, Gnabrining maoshi pasaytirilishi mumkin. Joriy mavsumda Gnabri barcha musobaqalarda 18 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Hozirgi shartnomasi esa 2026 yil yozida o'z nihoyasiga yetadi.
Bavariya klubi, Serj Gnabri, Florian Plettenberg, Futbol shartnomasi, Joriy mavsum
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Liverpul Gnabrini nishonga oldi, lekin muammo bor
Rodrigoning “Tottenxem”ga transferi maosh muammosi sabab to‘xtab qoldi
Liverpul va Yuventus Gʻabri uchun kurashmoqda
Bavariya Gnarbining yangi shartnomasi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda
Manchester Yunayted Kazemiro bilan shartnoma uzaytirishni rejalashtirmoqda