05:00 / 19.12.2025
2 174
Rossiya terma jamoasi Safonovning PSJdagi zafariga munosabat bildirdi

Darvozabon Matvey Safonov o'yindan keyingi penaltilar seriyasida to'rtta zarbani qaytarib, PSJga Qit'alararo kubok finalida "Flamengo" ustidan g'alaba keltirdi. Rossiya terma jamoasining Telegram kanalida final hushtagidan so'ng PSJ futbolchilari Safonovni havoga otib nishonlayotgan surat e'lon qilindi.
Surat tagiga "Bizning Motya" deb yozildi. Matvey Safonov Rossiya terma jamoasining asosiy darvozaboni hisoblanadi.
UEFA va FIFA sanksiyalari sababli milliy jamoa so'nggi yillarda faqat o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushmoqda. Eslatib o'tamiz, Safonov 2024 yil yozida "Krasnodar"dan transfer qilinib, PSJ safida to'p tepishni boshlagan.
Matvey Safonov, Rossiya terma, Qit'alararo kubok, O'rtoqlik uchrashuvlari, Krasnodar transferi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kornyuxin Safonovning PSJdagi yutug'ini yuksak baholadi
Safonov qahramon, PSJ qit’alararo kubokni qo‘lga kiritdi
Safonov qutqargan final: PSJni penaltigacha olib borgan xatolar
Vladimir But 1997 yilgi qit'alararo kubokni o'tkazib yuborgani uchun yig'lagan
Krasnodar Safonovning PSJ g‘alabasidagi hal qiluvchi rolini e’tirof etdi