05:11 / 19.12.2025
2 103
A Seriya rahbari Milan va Como o'yini manzilini tasdiqladi

Italiya A Seriyasining 24-turida Milan va Como o'rtasidagi uchrashuv 8-fevral kuni Avstraliyaning Pert shahrida bo'lib o'tadi. Mazkur ma'lumotni A Seriya prezidenti Etsio Mariya Simonelli tasdiqladi.
Uning aytishicha, o'yin dastlab rejalashtirilganidek aynan Pertda o'tkaziladi. Simonellining so'zlariga ko'ra, bahs atrofidagi navbatdagi tortishuv mezbon tomonning uchrashuvni Osiyodan bo'lgan hakamlar brigadasi boshqarishini istagani bilan bog'liq bo'lgan.
A Seriya rahbari bunday qarorga borishni xohlamaganini, biroq FIFA hakamlar qo'mitasi raisi Pyerluiji Kollina mintaqada yuqori saviyali hakamlar borligini ta'kidlab, masalaga oydinlik kiritganini ma'lum qildi. Avvalroq Italiya chempionati o'yinlarini dunyoning turli hududlarida o'tkazish g'oyasiga klublar va muxlislar qarshi chiqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar