05:09 / 19.12.2025
2 132

El Klasiko uchun VIP chiptalar narxi 4 ming yevrogacha yetadi


Kataloniyaning “Barselona” klubi Madridning “Real”iga qarshi El Klasiko uchrashuvi uchun chiptalar savdosini boshladi. Eng qimmat takliflar VIP-loja uchun bo‘lib, ularning narxi 4 ming yevrogacha yetishi mumkin.

Uchrashuv Ispaniya La Ligasining 35-turida o‘tkaziladi. Mazkur o‘yin chempionlik poygasida hal qiluvchi ustunlikni ta’minlab berishi ehtimoli yuqori bo‘lgani uchun chiptalar narxi ham shunga mos darajada belgilangan.

O‘yin sanasi hozircha aniq emas: 9 yoki 10-may kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Birinchi davrada “Real” 2:1 hisobida g‘alaba qozongan, biroq turnir jadvalida aynan “Barselona” yetakchilik qilmoqda.

Barselona klubi, Real Madrid, El Klasiko, Ispaniya La Ligasi, Chempionlik poygasi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing