06:11 / 19.12.2025
2 372
Levandovski Messining jamoasi Inter Mayami ro'yxatida yo'q

Hujumchi Robert Levandovski Lionel Messi bilan bir jamoada to'p surmaydi. Ishonchli insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda ma'lum qilishicha, 37 yoshli polshalik futbolchi bilan bog'liq mish-mishlarga qaramay, Levandovski "Inter Mayami"ning qisqa ro'yxatiga kiritilmagan.
Qayd etilishicha, Levandovski hozir butun e'tiborini "Barselona"dagi o'yinlariga qaratgan. U kelajagi bo'yicha qarorni faqat kelasi yili qabul qilishi rejalashtirilgan.
Robert Levandovskining "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2025/2026 yilgi mavsum yakunigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portaliga ko'ra, tajribali to'purar 9 million yevroga baholanmoqda.
Robert Levandovski, Lionel Messi, Barselona jamoasi, Inter Mayami, Fabritsio Romano
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar