04:22 / 19.12.2025
2 179
Prudnikov Safonovning PSJdagi rolini kuchaytirish kerakligini aytdi

Moskvaning «Spartak» klubi sobiq hujumchisi Aleksandr Prudnikov PSJ murabbiylar shtabi rossiyalik darvozabon Matvey Safonovga bundan buyon ko'proq ishonch bildirishini ta'kidladi. Parijliklar 18 dekabr kuni FIFA Qit'alararo kubogini qo'lga kiritdi.
Finalda «Flamengo» mag'lub etildi: uchrashuv penaltilar seriyasiga qadar cho'zildi va aynan Safonov ketma-ket to'rtta zarbani qaytardi. «Umid qilamanki, endi unda qiyinchiliklar kamroq bo'ladi va jamoa uni hozir ancha ko'proq qadrlashi kerak», deya Prudnikovning so'zlarini «Match TV» keltirdi.
«Flamengo»ga qarshi bahsda Safonov ketma-ket to'rtinchi bor asosiy tarkibda maydonga tushdi. Asosiy vaqtda u bitta gol o'tkazib yubordi — penalti nuqtasidan.
Safonov PSJ safida bir yil ichida olti sovrinni qo'lga kiritdi.
Spartak klubi, Aleksandr Prudnikov, Matvey Safonov, FIFA Qit'alararo, Flamengo jamoasi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar