
“Manchester Siti” hamda Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Holand Rojdestvo munosabati bilan qanday tilak tilashini ma'lum qildi. Futbolchidan bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda obunachilaridan biri so'radi.
Holand savolga qisqa javob qaytardi: “Butun dunyoga tinchlik”. Avvalroq Holand Santa Klaus qiyofasida, mos libosda “shaharliklar” muxlislari yashaydigan manzillarga borib, ularni yaqinlashib kelayotgan Rojdestvo bilan tabriklagani va bolalarga sovg'alar ulashgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
2025/2026 yilgi mavsumda norvegiyalik hujumchi 26 ta o'yinda maydonga tushib, 26 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi. Norvegiya terma jamoasi Holand bilan birga 1994 yildan beri ilk bor Jahon chempionati final bosqichiga yo'llanma oldi.
Manchester Siti, Norvegiya terma, Erling Holand, Jahon chempionati, Rojdestvo bayrami
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar