08:34 / 15.12.2025
1 725
Luis Enrikedan Safonovni asosiy darvozabon qilish so'ralgan

Luka Shevalye «PSJ» darvozasida ishonchli o'yin ko'rsata olmagach, klub vakillari bir muddat avval bosh murabbiy Luis Enrikega Matvey Safonovni birinchi raqamli darvozabon sifatida sinab ko'rishni tavsiya qilgan. Biroq Enrike bu g'oyani ma'qullamadi va Shevalyega ishonishda davom etdi.
Murabbiy buning sababini darvozabonning jamoaga moslashuvi tezroq kechishi bilan izohlagan. Bu haqda L’Equipe nashri xabar berdi.
Eslatib o'tamiz, Safonov 2025/2026 yilgi mavsumda ilk bor maydonga tushishi uchun Shevalyening jarohatini kutishga to'g'ri kelgan. Rossiyalik darvozabon «PSJ»ning so'nggi uch uchrashuvida o'ynadi va ularning ikkitasida darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Fransiya Liga 1 doirasida «PSJ»ning navbatdagi o'yini 4 yanvar kuni «Parij»ga qarshi bo'lib o'tadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar