Elektr qarzi tufayli fermerning transformatori xatlandi

Bugungi kunda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan elektr energiyasi uchun to‘lovlar, odatda, o‘z vaqtida amalga oshirilmoqda. Energiya uchun to‘lov intizomi so‘nggi yillarda ancha yaxshilangan.
Biroq, afsuski, ba’zi iste’molchilar hanuz energiya yetkazib beruvchi tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalardagi majburiyatlarini bajarmasdan, iste’mol qilingan energiya uchun haqni o‘z vaqtida to‘lamay kelmoqda.
Shu munosabat bilan Majburiy ijro byurosining Zomin tumani bo‘limi tomonidan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi foydasiga qarzdor bo‘lgan fermer xo‘jaliklariga nisbatan majburiy chora ko‘rildi. Qarzdorlikni qoplash maqsadida xo‘jaliklarga tegishli transformator xatlandi.
Kelgusida mazkur mulk auksion savdolari orqali sotilib, tushgan mablag‘ qarzdorlikni to‘lashga yo‘naltiriladi.
Majburiy ijro byurosi elektr energiyasi uchun to‘lov intizomini mustahkamlash hamda qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha ishlarini izchil davom ettiradi.
Elektr energiyasi, To'lov intizomi, Majburiy ijro, Zomin tumani, Fermer xo'jaliklari