10:20 / 15.12.2025
1 686
Spalletti: «Juventus» men boshqargan davrdagi eng yaxshi o'yinni ko'rsatdi

«Juventus» bosh murabbiyi Luchano Spalletti A Seriyada «Bolonya»ga qarshi o'yinda (1:0) jamoasining harakatlarini yuqori baholadi. Turin klubi safarda minimal hisobda g'alaba qozondi.
Uchrashuvdagi yagona golni 64-daqiqada Xuan Kabal aniq zarba bilan urdi. «Bu men tayinlanganimdan beri bizning eng yaxshi o'yinimiz.
Ajoyib g'alaba. Bugungi chiqishlari uchun futbolchilarga minnatdorchilik bildirdim.
Jamoa yakungacha maksimal diqqatni saqlab qoldi», — deya Spallettining so'zlarini Nikolo Skiraga tayanib «Gazeta.Ru» keltiradi. 15 turdan so'ng «Qari sinyora» Italiya chempionati turnir jadvalida 26 ochko bilan 5-o'rinda bormoqda.
Peshqadam «Inter»dan ortda qolish 7 ochkoni tashkil etadi.
Juventus klubi, Luchano Spalletti, Italiya chempionati, Turin klubi, Nikolo Skira
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing