10:00 / 15.12.2025
1 983

Manchester yahudiylari Gvardiolani teraktga befarqlikda aybladi


Manchesterda «Manchester Siti» atrofida siyosiy tus olgan kichik mojaro yuzaga keldi. Daily Mail xabariga ko'ra, klub rahbariyati 2 oktyabr kuni shahardagi sinagogalardan birida sodir bo'lgan, mahalliy yahudiy jamoasi «terakt» deb baholayotgan hujum yuzasidan hech qanday munosabat bildirmagan.

«Manchester Yunayted» jabrlanganlarga hamdardlik izhor etib, hodisani qoralagan bir paytda, «Manchester Siti»dan esa hech qanday bayonot yangramagani ta'kidlanmoqda. Tanqidlar bosh murabbiy Xosep Gvardiolaga ham qaratildi.

Yahudiy tashkilotining klub manziliga yo'llagan maktubida Gvardiola ham, klub ham qo'llab-quvvatlash va hamjihatlik bildiruvchi biror so'z aytmagani qayd etilib, bu «Etihad» stadioni yaqinida ro'y bergan voqea qurbonlariga nisbatan hamdardlik yo'qligidan darak berishi aytilgan. Shuningdek, maktubda Gvardiolaning Yaqin Sharqdagi mojaro bo'yicha avval bildirgan fikrlari Britaniyadagi yahudiylar, jumladan «Manchester Siti» muxlislari xavfsizligiga tahdid tug'dirishi mumkinligi eslatib o'tilgan.

Eslatib o'tamiz, Xosep Gvardiola «Manchester Siti»ni to'qqiz yildan ortiq vaqtdan beri boshqarib kelmoqda.


Manchester Siti, Daily Mail, Xosep Gvardiola, Yaqin Sharq, Yahudiy jamoasi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing