10:11 / 15.12.2025
1 701

Nacho Alonaso qo'l ostidagi Real qiyinchiliklarini baholadi


Madridning “Real” klubi sobiq himoyachisi va jamoa sobiq sardori Nacho Fernandes jamoaning hozirgi holati haqida fikr bildirdi. Ispaniyalik futbolchi 2024 yil iyulida “qaymoqranglilar” safini tark etib, Saudiya Arabistonining “Al-Qodisiya” klubiga o'tgandi.

U hozir ham shu jamoa sharafini himoya qilmoqda. “Real”ga maslahatim?

Sabrli va xotirjam bo'lish kerak. O'ylashimcha, ularda juda kuchli tarkib bor, murabbiy esa jamoaga juda mos.

Xotirjamlikni saqlasalar, hammasi yaxshi bo'ladi”, deya Nachoning so'zlarini Madrid Xtra keltirdi. Yakshanba kuni madridliklar La Liganing 17-turi doirasida safarda “Alaves”ni 2:1 hisobida mag'lub etdi.

Hozirda Xabi Alonso boshqaruvidagi jamoa turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda va peshqadam “Barselona”dan to'rt ochko ortda qolmoqda.


Real Madrid, Nacho Fernandes, Saudiya Arabistoni, La Liga, Xabi Alonso
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing