08:44 / 19.11.2025
520 512
Tare: Modrichning 10 yoshli bola kabi quvonishi – dunyodagi eng go‘zal narsa...

Italiyaning "Milan" klubi sport direktori Igli Tare Xorvatiya futbolchisi Luka Modrichning his-tuyg‘ulari haqida fikr bildirdi. Modrich bu yozda Madridning "Real" klubidan "rossonerilar" safiga o‘tgan edi.
"Modrich – o‘ziga xos futbolchi. 40 yoshida hayotdagi barcha yutuqlarga erishgan bu insonning "Milan" g‘alabalaridan keyin kiyinish xonasida 10 yoshli bola kabi quvonishini ko‘rish – dunyodagi eng yoqimli manzara", – dedi Tare pianetamilan.it nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Luka Modrich shu yozdan beri Italiya klubi sharafini himoya qilmoqda, undan avval esa u uzoq yillar davomida Madridning "Real" klubida o‘ynagan.
Milan Klubi, Luka Modrich, Italiya Klubi, Real Madrid, Sport Direktori
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing