Karlo Anchelotti Modrichning muvaffaqiyat sirlarini ochdi

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 40 yoshida ham yuqori saviyada oʻyin koʻrsatayotgan Luka Modrich haqida fikr bildirdi. "Men Modrichning oʻzining ajoyib darajasini saqlab qolayotganidan juda xursandman – bu menga ajablanarli emas.
Uning yaxshi oʻynashini bilar edim, chunki u Jahon chempionatini oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan. Oʻtgan mavsumda mening "Real"imda u yagona futbolchi edi, u birorta ham mashgʻulotni oʻtkazib yubormadi," – dedi Anchelotti "La Gazzetta dello Sport" nashriga.
"Buni qanday uddalaydi?" – deya savolga javob bergan murabbiy: "Genetika va jiddiy yondashuv," – dedi. Shuningdek, oldinroq xabar berilishicha, "Milan" klubida Luka Modrich bilan shartnomani 2026/2027-yilgi mavsum oxirigacha uzaytirish rejalashtirilmoqda.
Braziliya Terma, Karlo Anchelotti, Luka Modrich, Jahon Chempionati, Milan Klubi