20:36 / 18.11.2025
1 312

Tare: "Latsioda maoshlar bir necha barobar oshdi"

Tare: "Latsioda maoshlar bir necha barobar oshdi"
Milan sport direktori Igli Tare avvalroq 15 yil davomida Latsio klubida faoliyat olib borgan. U bu davr mobaynida jamoada futbolchilarning maoshlari bir necha barobar oshganini maʼlum qildi.

Bu haqda u taniqli italiyalik jurnalist Janluka Di Marzoga bergan katta intervyusida soʻzlab berdi. "Mening davrimda Latsio yiliga eng koʻpi bilan 500 ming yevro maosh toʻlaydigan jamoadan futbolchilarga 4-5 million yevro miqdorida haq toʻlaydigan klubga aylandi.

Masalan, Luis Alberto yoki Chiro Immobile kabi futbolchilar shunday maosh olishgan", - dedi Tare. Hozirgi vaqtda esa Latsio klubi Italiya A Seriyasi turnir jadvalida 9-oʻrinni egallab turibdi.

Klub soʻnggi bor Italiya chempioni unvonini 2000-yilda qoʻlga kiritgan.


Milan Direktori, Latsio Klubi, Italiya Futboli, A Seriyasi, Luis Alberto
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing